Gulistonda balandligi 65 metrlik davlatimiz bayrogʻi oʻrnatildi

11:14 22 Avgust 2019 Jamiyat
128 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Bugun Guliston shahridagi “Yurt bayrogʻi” maydonida Oʻzbekiston Respublikasining purviqor bayrogʻini oʻrnatishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Unda davlat idoralari va jamoat tashkilotlari jamoalari , nuroniylar, yoshlar, tuman va shaharlardan kelgan koʻplab vakillar ishtirok etdi.

Tantanada Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

Eʼtiborlisi, bayrogʻimiz oʻrnatilgan maydonda rang-barang dizayndagi yangi gulzorlar ham tashkil etildi. Binobarin, Mustaqillik bayrami arafasida Guliston shahrida jami 2 million tup gul ekildi.

Tantanada Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofirjon Mirzayev soʻzga chiqdi.

Maʼlumot uchun. Bundan oldin viloyatdagi Shirin shahrida 35 metr balandlikdagi Vatanimiz bayrogʻi oʻrnatilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?