Gulistonda 120 nafar harbiylar oilasiga uylar topshirildi

12:13 01 May 2019 Jamiyat
415 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Guliston shahridagi “Buyuk kelajak ” massivida mudofaa, favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar vazirliklari hamda milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uchun moʻljallangan 4 ta besh qavatli turar – joy binosi foydalanishga topshirildi. Natijada 120 nafar harbiy xizmatchi oilasi zamonaviy sharoitlarga ega xonadon sohiblari boʻlishdi.

-Oilamiz besh kishidan iborat, -deydi yangi uy bekalaridan biri Manzura Sherboyeva. - Turmush oʻrtogʻim Gʻulom Sherboyev milliy gvardiyada xizmat qiladilar. Bizga uch xonali xonadon berishdi. Yangi uylardagi sharoitlar, qulayliklardan bir men emas, barcha ayollarning koʻngli toʻldi. Qolaversa uylarni topshirish tantanasida hali bu massivda koʻplab turar-joylar qurilishi bilan birga taʼlim, tibbiyot, savdo, xizmat koʻrsatish sohasiga oid va boshqa aholi uchun zarur boʻlgan barcha muassasalar ham bunyod qilinishi haqidagi gapdan yanada xursand boʻldik.

Yangi uylarni topshirish tantanasida Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev soʻzga chiqdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?