Gulistonda 100 nafardan ziyod ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron kishilarga mehr-muruvvat koʻrsatildi

10:56 17 Dekabr 2018 Jamiyat
603 0

Foto: “Xalq soʻzi Online”

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi “Vaqf” xayriya jamoat fondining yurtimiz boʻylab tashkil qilayotgan mehr-muruvvat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, ularning navbatdagisi Guliston shahridagi “Malika” restoranida boʻlib oʻtdi. Bu yerda fond tomonidan Sirdaryo viloyati va Guliston shahar hokimliklari bilan hamkorlikda 100 nafardan ziyod ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron kishilar uchun dasturxon yozildi. Shu bilan birga ehson sifatida oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. 20 kishiga esa nogironlik aravachasi berildi.

Eʼtiborlisi, viloyat hokimi oʻrinbosari Erkin Moʻminov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi raisi Iskandar Xalilov, viloyat imom-xatibi Habibullo hoji Zokirov va boshqa mutasaddilar mehr-muruvvatga muhtoj kishilarning bevosita yashash manzillariga borishib, ularning holidan xabar olishdi. Jumladan, “Navbahor” MFY hududidagi “Nogironlar uyi”da istiqomat qilayotgan 6-sinf oʻquvchisi Hayotxon Bozorboyeva, “Yangi hayot” MFYda yashovchi 9-sinf oʻquvchisi Fotima Joʻrayevaga nogironlik aravachalari, sovgʻalar ular yashayotgan manzilda hadya qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?