Guliston shahrida Oʻzbekiston va Tojikiston bosh vazirlari oʻzaro elektr energiyasi hamda gaz sotish boʻyicha narxlarni belgilab olishadi

15:46 10 Mart 2020 Siyosat
181 0

Tojikistonning Guliston shahrida aprel oyining ikkinchi yarmida Oʻzbekiston-Tojikiston Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Unga ikki davlat bosh vazirlari Abdulla Aripov va Qohir Rasulsozda hamraislik qiladi. Bu haqda “Aziya-Plyus” manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, unda Tojikistondan Oʻzbekistonga elektr energiyasini, Oʻzbekistondan Tojikistonga esa tabiiy gazni yetkazib berish masalalari muhokama qilinadi hamda joriy yil uchun ushbu resurslar narxlari belgilab olinadi.

Shular qatorida ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, gumanitar, madaniy, ilmiy-texnologik hamkorlik masalalari koʻrib chiqiladi.

Xabar berilishiga koʻra, ushbu yigʻilish oʻtgan yil oxirida boʻlib oʻtishi kerak edi. Shunday boʻlishiga qaramay, rasmiy Toshkent va rasmiy Dushanbe oʻrtasida hal etilmagan masala yoʻq, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar barcha sohalarda jadal rivojlanyapti.

Oʻtgan yil Oʻzbekiston Tojikistondan 1 mlrd. 425 mln. kVt./soat elektr energiyasini har bir kilovatini 2 sentdan sotib olgan boʻlsa, Tojikiston Oʻzbekistondan 1 metr kub tabiiy gazni 120 dollardan xarid qilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?