Gripp yuqtirish xavfi bo‘lgan aholi emlanadi

19:43 24 Iyul 2018 Jamiyat
188 0
Illyustrativ foto

“Gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida grippning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti tasdiqlandi.

Mazkur ro‘yxatga jumladan quyidagilar kiritildi:

homilador ayollar;

nafas olish organlari va yurak-qon tomir tizimlarining ma’lum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar;

60 yoshdan oshgan shaxslar,

6 oylikdan 59 oylikkacha bo‘lgan bolalar;

tibbiyot xodimlari;

“Mehribonlik” uylari, qariyalar nogironlar uchun “Sahovat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yashayotgan shaxslar kiritildi.

Bunda davlat ijtimoiy muassasalarida yashayotgan shaxslarni emlash davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?