Gripp 20 kishini hayotdan olib ketdi

23:34 14 Fevral 2019 Dunyo
656 0

Illyustrativ foto

Litvada grippdan 20 kishi hayotdan koʻz yumdi. Mamlakatdagi 60 ta oʻzini oʻzi boshqarish hududlaridan 31 tasida epidemiya eʼlon qilingan. Bu haqda mamlakat infeksion kasalliklar va OITS markazi xabar berdi.

Oʻtgan haftada kasallikka chalinish 10 ming aholidan 159,9 tasida kuzatilgan. 2018 yilning shu davrida bu raqam bir oz koʻproq, yaʼni 182,7 ta edi.

Bundan oldin 2018-2019 yillar mavsumida mazkur xastalik 12 kishini hayotdan olib ketgani maʼlum qilingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?