Grenlandiyadagi eng katta muzlik boʻlaklarga boʻlinib ketdi

00:12 17 Sentyabr 2020 Dunyo
175 0

Grenlandiyadagi eng yirik arktik shelf muzligidan maydoni 110 kvadrat kilometr boʻlgan muz boʻlagi ajralib chiqdi.

Bu haqda “The Week” nashri xabar bermoqda.

Olimlarning soʻzlariga koʻra, bu muz boʻlagining ajralishi iqlim oʻzgarishi juda tez yuz berayotganidan darak beradi.

Germaniyaning Erlangen-Nyurbnerg universiteti mutaxassisi Jenni Turtonning soʻzlariga koʻra, Grenlandiyada soʻnggi 40 yil ichida havo harorati Selsiy shkalasi boʻyicha uch darajaga koʻtarilgan. Oʻtgan hamda joriy yillarda esa eng yuqori harorat qayd etilgan.

Taʼkidlanishicha, mayda qismlarga boʻlinib ketgan 79N nomli muzlik 2019-yildayoq chuqur yoriqlar bilan qoplangan. 2020-yilning issiq yozi esa vaziyatni yana-da murakkablashtirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?