Gʻozgʻonda yana bir yangi korxona ishga tushirildi

18:06 27 Yanvar 2020 Iqtisodiyot
555 0

Gʻozgʻon shahrida “Premier textile” xususiy korxonasiga qarashli tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan majmuasi ishga tushirildi.

Mamlakatimiz Prezidenti 2019-yilning 12-martida Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida Nurota tumanining Marmarobod MFYida Gʻozgʻon shahrining sanoatini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan keng foydalanish topshiriqlarini bergan edi. Shu asosda shaharda marmar va granit toshlari qazib olish va ularga ishlov berish borasida bir qator korxonalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, mazkur tashrifda shahar xotin-qizlarini doimiy ish joyi bilan taʼminlash hamda tosh qazib oluvchi va qayta ishlovchi korxonalar ishchi xodimlariga maxsus kiyimlar tayyorlab berish maqsadida “Oʻzpaxtasanoat” AJ taʼsischiligida hududda tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi bapo etish vazifalari belgilangan edi.

Kuni kecha mazkur topshiriq ijrosi taʼminlanib, umumiy qiymati 1,7 mlrd soʻmlik tikuv-trikotaj majmuasi “Navoiy baraka chevarlari” MCHJ tomonidan foydalanishga topshirildi.

Ushbu korxonaning ishga tushirilishi tufayli hududdagi 100 nafardan ortiq xotin-qizlarni bandligini taʼminlanadi.

Korxona tomonidan 2020-yilda 600,0 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilish belgilangan boʻlib, bu mahalliy byudjetga qoʻshimcha daromad manbai hamdir. 

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?