Goʻsht 28 ming, guruch 3 ming soʻm. Bozorlarimizda narx-navo qanday?

16:29 04 Mart 2019 Jamiyat
653 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni oʻrganishni davom etadi.

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2019 yil 4 mart holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan 40 000 soʻmgacha

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol goʻshti 28 000 soʻmdan 40 000 soʻmgacha boʻlgan narxlarda sotilmoqda.

Eng arzon narxlar bu haftada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Navoiy shahri “Sahovat” MCHJga qarashli markaziy bozori, “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da, Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri), Qoʻyliq dehqon bozori (Toshkent shahri) kuzatildi. 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan 40 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Eng qimmat Urganch markaziy dehqon bozori, “Mirobod“ dehqon bozori va Qoʻyliq dehqon bozori (Toshkent shahri) 30 000 – 40 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

28 000 soʻmdan 42 000 soʻmgacha

Poytaxt bozorlarida 1 kg. qoʻy goʻshti 28000 – 40000 ming soʻmgacha sotilmoqda.

Eng arzon narx haftada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida - 1 kg. qoʻy goʻshti narxi 28 000 – 33 000 soʻm.

Eng qimmat narx Yunusobod dehqon bozori, “Mirobod“ dehqon bozori, Qoʻyliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 1 kg. qoʻy goʻshti 38 000 – 42 000 soʻm.

Tovuq goʻshti

12 000 soʻmdan 21 000 soʻmgacha

Eng qimmat narx “Mirobod“ dehqon bozori (Toshkent shahri)da - 18000 – 21 000 soʻm

Eng arzon narx Buxaro shahar Markaziy dehqon bozorida – 12000 soʻm

Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq goʻshtini oʻrtacha 16000 soʻmdan xarid qilish mumkin.

Guruch

3 000 soʻmdan 14 000 soʻmgacha

Eng qimmat va eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati) – 3000 – 14000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

8 000 soʻmdan 12 500 soʻmgacha

Eng arzon Urganch markaziy dehqon bozori, “Farhod“ dehqon bozori (Toshkent shahri), Fargʻona markaziy bozori (Fargʻona viloyati)da – 8000 – 11500 soʻm.

Eng qimmat narxlar “Mirobod“ dehqon bozori va Qoʻyliq dehqon bozori (Toshkent shahri) - 12500 soʻmgacha

Un

1 500 soʻmdan 4000 soʻmgacha

Eng arzon Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da – 1 kg. 1-navli un 1500 soʻmdan 2000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx Urganch Markaziy dehqon bozori – 3500 – 4000 soʻm.

Shakar

4 400 soʻmdan 5 500 soʻmgacha

Eng qimmat narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da, Fargʻona markaziy bozori (Fargʻona viloyati)da – 5000-5500 soʻm.

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 4400 – 5000 soʻm.

Tuxum

350 soʻmdan 650 soʻmgacha

Eng arzon narx Qarshi shahar “Yerqoʻrgʻon” dehqon bozori (Qashqadaryo viloyati), Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 350 soʻmdan 550 soʻmgacha.

Eng qimmat narx Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Jizzax shahri markaziy dehqon bozori, Urganch Markaziy dehqon bozorida - 650 soʻmgacha.

Kartoshka

1 100 soʻmdan 3 000 soʻmgacha

Kartoshkaning narxi baʼzi bozorlarda arzonlashgan.

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)– 1100 soʻmdan 2200 soʻmgacha.

Eng qimmat narx“Mirobod“ dehqon bozori (Toshkent shahri)da bozorida 1 kg. kartoshka 3000 soʻmgacha.

Pomidor

5000 soʻmdan 18 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)– 5000 soʻmdan 15 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 10 000 – 18 000 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni

1 500 soʻmdan 3 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Qarshi shahar “Yerqoʻrgʻon” dehqon bozori (Qashqadaryo viloyati), Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Urganch Markaziy dehqon bozorida, Fargʻona markaziy bozori (Fargʻona viloyati)da – 1 500 soʻmdan 2500 soʻmgacha.

Eng qimmat narx Jizzax shahri markaziy dehqon bozori, Urganch Markaziy dehqon bozorida – 3000 – 3500 soʻmgacha.

Mamlakatimiz aksariyat bozorlarida sifatli xoʻjalik sovunini 3000 soʻmdan xarid qilish mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?