Gonkonglik olimlar sunʼiy koʻz ixtiro qilishdi

22:12 23 May 2020 Dunyo
149 0

Gonkong fan va texnologiyalar universiteti muhandislari bionik koʻz yaratishdi. Hozirgi vaqtda kashfiyot zaruriy sinovlardan oʻtgan boʻlib, bir qator koʻrsatkichlarda insonning koʻrish qobiliyatidan ham oshib ketgan.

Qurilma yorugʻlikka sezgir nanosimchalardan tayyorlangan uch oʻlchovli sunʼiy toʻr boʻlib, ishlab chiquvchilarning soʻzlariga koʻra, simlar miyaning vizual korteksini taqlid qiladi.Toʻplangan vizual maʼlumotlar esa sensorlar tomonidan kompyuterga uzatiladi.

Qurilmaning sezgirligi insonning koʻrish organidanda yuqori boʻlib, unga vizual yorugʻlik hamda infraqizil nurlanish holatida ham ishlashga imkon beradi. Yaʼni, zulmatda ham koʻrishda davom etadi.

Shu bilan birga, qurilma yorugʻlik oʻzgarishlariga tez “javob qaytaradi” va qisqa vaqt ichida har qanday vaziyatga moslasha oladi.

Maʼlum qilinishicha, sunʼiy koʻzning toʻr pardasining har kvadrat santimetrida 460 million nanooʻlchamli sensorlar mavjud. Odamning toʻr pardasida esa ushbu koʻrsatkich taxminan 10 millionni tashkil etadi.

Olimlar kelajakda bionik koʻzni insonning koʻrish tizimiga ulashni rejalashtirishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?