“Golland” gullarining noqonuniy olib kirilishi fosh etildi

23:40 12 Mart 2019 Iqtisodiyot
404 0

Фото: Ўзбекистон Давлат божхона қўмитаси.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan oʻtkazilayotgan profilaktik tadbirlar hamda tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay, qonunbuzarlar tomonidan qingʻir yoʻllar bilan foyda olishga boʻlgan urinishlar hamon uchrab turibdi. Ana shunday holatlarning biri haqida saytimizga Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasining matbuot xizmatidan maʼlum qilishdi.

Maʼlum boʻlishicha, bunday qonunbuzarlik holati “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postida sodir etilgan. Mamlakatimizga oʻzining “Lacetti”, “Shevrolet Lacetti” rusumli avtotransport vositalarini boshqarib kirib kelgan fuqarolar I.M. va A.A.larning avtotransport vositalari belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi. Natijada ularning yoʻlovchi bojxona deklaratsiyalarida yozib koʻrsatmasdan hamda ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilmasdan, qiymati 43 million 750 ming soʻmlik 875 dona har xil rangdagi Gollandiya atir gullarini respublikamizga olib kirayotgani fosh qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?