Gʻoliblarni kompyuter aniqladi

17:29 26 Iyun 2019 Jamiyat
356 0

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari hodimlari kuni munosabati bilan oʻzining fargona-jurnalist.uz internet sayti orqali toʻrt yoʻnalishda:

- gazetxon mehrini qozongan jurnalist;

- teletomoshabin mehrini qozongan jurnalist;

- radiotinglovchi mehrini qozongan jurnalist;

- oʻquvchi mehrini qozongan jurnalist

nominatsiyalarida ijodiy tanlov eʼlon qilgan edi. Tanlov gʻoliblari uning ishtirokchilari hayʼatiga taqdim etgan ijodiy ishlarga qarab emas, balki bevosita teletomoshabin, gazetxon, radiotinglovchi va internet oʻquvchilarining u yoki bu jurnalist nomzodini yoqlab bergan ovozlariga qarab aniqlandi. Yaʼni, nomi gʻoliblikka eng koʻp marta koʻrsatilgan jurnalistlarni kompyuterning oʻzi nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb aniqlab berdi. Unga koʻra Fargʻona viloyati boʻyicha ilk bor oʻtkazilgan elektron ijodiy tanlovda qoʻyidagilar gʻolib deb topildi va Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimining diplom hamda sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

1. Gazetxon mehrini qozongan jurnalist – Madaminjon Solijonov “Fargʻona haqiqati” gazetasi muxbiri.

2. Tomoshabin mehrini qozongan jurnalist - Axror Ziyo “Gold TV” bosh muharriri

3. Tinglovchi mehrini qozongan jurnalist – Shoxista Tolipova “Ruxsor” TRK radio muharriri

4. Oʻquvchi mehrini qozongan jurnalist – Elyor Ehsonov “Xalq soʻzi” gazetasining Fargʻona viloyatidagi muxbiri.

Umida Mirzamatova, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi mutaxassisi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?