“GM Uzbekistan”ning qaysi avtomobillarini bir kunda avtosalondan olib ketish mumkin?

15:26 26 Avgust 2018 Jamiyat
1789 0

“GM Uzbekistan” AJ barcha dilerlik tarmoqlarida mijoz toʻlov qilgan zahoti olib ketishi mumkin boʻlgan avtomobillar mavjudligi haqida eslatib oʻtdi.

Kompaniya matbuot xizmati xabariga koʻra, ushbu xizmat orqali xaridor oʻzining avtomobilini atigi 45 daqiqa ichida rasmiylashtirib, olib ketishi mumkin.

Ayni vaqtda kompaniyaning dilerlik tarmoqlarida “45 daqiqada Avtomobil!” dasturida Spark, Lasetti (CNG) va Cobalt rusumidagi 2259 dona avtomobil savdoga qoʻyilgan qoʻyilgan.

Aynan mana shu uch rusumdagi avtomobillarga 100 foizlik toʻlovni amalga oshirgan holda bir kundayoq mashinani olib ketish mumkin boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?