GM-Uzbekistanga 1,4 ming dollar evaziga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

11:13 24 May 2018 Jamiyat
2148 0
Foto: uiamp.org.ua

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida pora evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Xabarda yozilishicha, Andijon mexanika zavodi ishchisi A. fuqaro G.dan uning tanishi R.ni “GM-Uzbekistan” AJda yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu korxonaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 1400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?