GM Uzbekistan joriy yil oxiriga qadar yana bir modelni ishlab chiqarishni to‘xtatadi

12:18 01 Iyun 2018 Iqtisodiyot
1222 0
Foto: buxoroavto.uz

Asaka avtomobil zavodi 2018 yil oxirigacha Chevrolet Captiva avtomobilini ishlab chiqarishni to‘xtatadi.

Bu haqda “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Umidjon Salimovga asoslanib kun.uz yozmoqda.

“Hozirda Captiva o‘rnini bosadiganlar tayyorlanmoqda. Mashina o‘z hayot siklining oxiriga yaqinlashmoqda. Yil oxirigacha uni chiqarishni to‘xtatamiz”, - degan Salimov.

O‘zbekistonda Captiva 2007 yil oktyabr oyidan beri ishlab chiqarilmoqda.

Oldinroq GM Uzbekistan Matiz ishlab chiqarishni to‘xtatayotgani xabar bergandik.

Ushbu sinfdagi avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoj Spark rusumini ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali qoplanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?