GM Uzbekistan yonib ketgan Cobalt uchun 100 mln soʻmdan ortiq jarima toʻlaydigan boʻldi

17:16 25 Iyun 2019 Jamiyat
698 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, Chirchiq shahri mutasaddilariga ariza kelib tushdi.

Unga koʻra, fuqaro M. Ismoilova 2017-yil 9-noyabrda Qibray tumanida joylashgan “Qibray avto-moto servis” MCHJga “Kobalt” avtomobili uchun 83 865 970 soʻmga toʻlov qiladi va 2017-yil 26- dekabrda avtomobilni shartnomaga muvofiq qabul qilib oladi.

Ismoilovaning turmush oʻrtogʻi I.Qurbanbayev boshqaruvida boʻlgan mashina bor yoʻgʻi 2199 km yurgan. Qurbanbayev Rossiya federatsiyasiga ishga ketgandan soʻng avtomashina boshqa harakatda boʻlmagan. Mashina vaqti-vaqti bilan oʻn – oʻn besh daqiqa qizdirib turilgan xolos.

Ismoilova M. 2018-yil 22-sentyabr kuni avtomashinani yonayotganini koʻrgan va yongʻin xavfsizlik xizmatiga qoʻngʻiroq qilgan. Dastlabki xulosalar va ekspertlar oʻrganishi natijasida avtomashinaning elektr simlarida nosozlik borligi, xizmat yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligi maʼlum boʻldi.

Sud qaroriga koʻra, isteʼmolchi Ismoilovaga “Qibray avto-moto servis” MCHJ tomonidan nosoz avtomashina sotilganligi uchun 97 497 380 miqdorida kompensatsiya hamda 3 899 896 soʻm davlat boji undirishiga qaror qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?