GM Uzbekistan yanvar oyidan buyon qancha avtomobil sotgani maʼlum boʻldi

18:13 14 Sentyabr 2018 Jamiyat
699 0
Foto: GM Uzbekistan

GM Uzbekistan kompaniyasi joriy yilning 1 yanvaridan 12 sentyabriga qadar ichki bozorda 114663 ta avtomobil sotdi. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, 1 iyuldan 12 sentyabrga qadar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan 38549 dona avtoulov xarid qilingan.

Oʻtayotgan yilning dastlabki yarim yilligida esa bu koʻrsatkich 76087 tani tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, GM Uzbekistan kompaniyasining Rossiyadagi savdo belgisi RAVON ketma-ket uch oydan buyon Rossiyada birorta ham avtomobilini sota olmagani xabar qilingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?