GM Uzbekistan yana salkam 30 ming dona avtomobilni sotuvga qoʻydi

12:39 07 Sentyabr 2018 Jamiyat
533 0
Foto: GM Uzbekistan

GM Uzbekistan AJ sentyabr oyida shartnoma tuzadigan xaridorlarga noyabr oyida avtomobil olish uchun 29 314 dona shartnomalar mavjudligini maʼlum qildi.

Shundan – 3 523 dona Damas, 680 dona Labo, 108 dona Matiz, 2 145 dona Spark, 7 889 dona Nexia, 8 173 dona Cobalt, 5 522 dona Lacetti, 996 dona Malibu, 278 dona Captiva.

Har bir mijoz GM Uzbekistan AJ saytidagi ushbu havola orqali kunlik tuzilgan shartnomalar roʻyxatini tekshirib borishi, shuningdek avtosalonlarda shartnoma tuzish uchun mavjud avtomobillar roʻyxati bilan modellar va dilerlik korxonalar kesimida tanishib borishi mumkin.

Saytdagi barcha maʼlumotlar kunlik tarzda yangilanib boradi va kelasi kunning soat 09:00 gacha faol sanaladi. Dilerlik korxonalarida mavjud avtomobillar kun davomida shartnoma tuzilgan avtomobillarga qarab oʻzgarib borishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?