GM Uzbekistan Tracker avtomobillari narxini maʼlum qildi. Buyurtmalar bugundan qabul qilinmoqda

16:03 10 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
2910 0

2018 yilning 10 dekabridan GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet Tracker krossoveriga buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Tracker komplektatsiyalarida xaridorlarga avtomatik kruiz nazorati, (BYOM2) maʼlumot-koʻngilochar tizimi, cvetodiodli kunduzgi yoritish chiroqlari taqdim etilgan. Avtomobil komplektatsiyasiga shuningdek 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa parkovka datchiklari, shuningdek alyuminiy disklari ʻR18 215/55 kiradi.

Tracker subixcham avtomobillar sinfiga kiradi: uzunligi 4257 mm, kengligi 1776 mm va balandligi 1679 mm. Avtomobilning yoqilgʻi baki 53 litrni tashkil qiladi. Avtomobilning 1,8 litrli dvigatel hajmi 140 ot kuchiga teng.

Avtomobilning yoqilgʻi sarfi MT5/AT6 transmissiyali aralash siklda 100 km.ga 7,1 l. tashkil qiladi. Avtomobil 10,6 soniyada 100 km/s tezlikka yetadi. Model 4-silindrli dvigatel bilan jihozlangan.

Birinchi bosqichda Tracker krossoveri savdosi va xizmat koʻrsatishi bilan Oʻzbekistondagi birinchi multibrend “Nurafshon AvtoMarkaz” avtosalonining Toshkent shahar, Sergeli tumani Obihayot koʻchasi, 39 uyda joylashgan filiali shugʻullanadi.

Xaridorlarga avtomobil ikki xil komplektatsiyada taqdim etilgan: Tracker LT M/T va Premier A/T. Trackerʻning LT M/T komplektatsiyasi narxi — 184 308 855 mln soʻm, Premier A/T esa 215 680 575 mln soʻmni tashkil qiladi.

Shu bilan birga aytish joizki, avtomobilning kompaniya modellar qatoridan joy olishi Oʻzbekiston bozori uchun mutlaqo yangi boʻlgan SUV V sinfini qoʻshish maqsadida amalga oshirilmoqda, Tracker Saptiva avtomobilining oʻrnini egallashga moʻljallanmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019