GM Uzbekistan Spark ishlab chiqarishni 3 barobarga oshiradi

18:27 06 Sentyabr 2018 Jamiyat
259 0
Foto: GM Uzbekistan

“GM Uzbekistan” AJ mexanik uzatmali “Spark” avtomobilini ishlab chiqarish hajmini oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Mijozlar istagi va bozorning ijobiy tendensiyalarini inobatga olib, biz mexanik uzatmali «Spark” avtomobili ishlab chiqarish hajmini 6 223 dan 19 993 donagacha oshiryapmiz. Kompaniya xaridorlarning talablarini qondirish va barcha ariza va takliflarga ijobiy javob berish, shuningdek qulay shartnoma tuzish uchun barcha sharoitlarni yaratish uchun barcha zaruriy choralarni amalga oshiradi. Sabr qilganingiz uchun minnatdormiz!», - deyiladi xabarda.

Avvalroq, “GM Uzbekistan” AJ ishlab chiqarilayotgan avtomobillar savdosi qayta yoʻlga qoʻyilishi bilan xaridorlar tomonidan kelib tushayotgan arizalar inobatga olinib, kompaniya tomonidan bozor talablarini qondirish maqsadida talabgir avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshirilishini maʼlum qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?