GM Uzbekistan "Shahrixon-Avto Ravon" AJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qildi. Nega?

17:15 28 Sentyabr 2018 Jamiyat
1796 0

“Oʻzavtosanoat” AJdan maʼlum qilishlaricha, GM Uzbekistan “Shahrixon-Avto Ravon” AJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilinishiga uning faoliyatidagi bir necha qonunbuzarliklar sabab boʻldi. Dilerlik markazi tomonidan tizimli ravishda kelishuv shartlarining buzib kelinishi, avtomobillar savdosida shaffoflikning mavjud emasligi, ish jarayonida korrupsiyaga yoʻl qoʻyilishi, avtomobillarni sunʼiy bronlash, xaridorlar oʻrtasida talab katta boʻlgan avtomobillarni “yopiq garajlarda” saqlanishi, rasmiy narxlarning ochiq maʼlumot tarzida mavjud emasligi, shartnoma tuzish uchun mavjud boʻlgan avtomobillar haqida yolgʻon maʼlumotlar berilishi, faoliyat yuritmaydigan koll-markaz, xodimlarning dilerlik markazlari standartlariga nomunosibligi shular jumlasidan.

Kompaniya shu kabi qonunbuzarlik holatlariga yoʻl qoʻyayotgan dilerlik markazlarini aniqlash borasida ishlarni davom ettirishini taʼkidlar ekan, agar siz dilerlik markazlarida ana shunday qonunga hilof holatlarning guvohi boʻlsangiz yoki sizdan avtomobil uchun qoʻshimcha pul talab qilishsa, darhol 71 141 77 77 raqamlari orqali GM Uzbekistan koll-markaziga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 10-07 yagona ishonch raqamlariga murojaat qilish kerakligini soʻraydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?