GM Uzbekistan sentyabrdan yangi modeldagi avtomobilini sotuvga chiqaradi

16:41 08 Avgust 2018 Iqtisodiyot
1712 0
Foto: Sputnik

GM Uzbekistan sentyabr oyidan Chevrolet Tracker avtomobillarini sotuvga chiqaradi. Bu haqda Xalqaro press-klubning “O‘zavtosanoat” vakillari bilan tashkil qilgan savol-javoblarida ma’lum qilingan.

Press klub ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan savollarga kompaniya javoblarini e’lon qilgan. Ulardan birida korxona avtomobil modellari qatorini kengaytirish va yangilash ustida faol ishlayotganini ma’lum qilgan.

“Misol uchun, 2015 yil oktyabr oyidan gaz uskunali «Lasetti”modifikatsiyasi, 2016 yil mart oyidan old panjarasi yangilangan “Spark” rusumi, 2016 yil may oyidan “Neksiya” modelining yangi avlodi, 2017 yil aprel oyidan “Malibu” modelining yangi avlodi hamda joriy yilning sentyabr oyidan sotuvi amalga oshiriladigan “Trekker” avtomobili kabilarni keltirish mumkin», - deyiladi xabarda.

Kompaniya shuningdek, kelajakdagi rejalarida elektromobillarni ishlab chiqarish ham belgilangani ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, “A” sinfidagi avtomobillar ishlab chiqarish 2027 yildan va “V” sinfidagi avtomobillarni ishlab chiqarish esa 2028 yildan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning nobyarida O‘zbekistonda Chevrolet Tracker ishlab chiqarilishi haqida xabar berilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?