GM Uzbekistan saytida xaridorlar uchun yangi xizmat ishga tushirildi

11:02 28 Avgust 2018 Jamiyat
548 0

GM Uzbekistan kompaniyasi mijozlar ishonchini oshirish va savdo tizimi shaffofligini taʼminlash maqsadida oʻzining rasmiy saytida yangi boʻlim ishga tushirildi. Shu orqali xaridorlar ilgari roʻyxatdan Yakoroʻtkazilgan arizalar(elektron navbat) boʻyicha shartnoma qilish uchun avtomobillarni har kuni koʻrib borishi mumkin.

Yangi boʻlimda bugungi kunda elektron navbat boʻyicha shartnoma qilish uchun barcha modellardagi 12 mingdan ortiq avtomobil mavjud. Ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan avtomobillar roʻyxati tegishli sananinng 9:00 dan amalda boʻlib, tuzilgan shartnomalarga qarab har kuni yangilanib boriladi.

Yangi xizmat xaridorga oʻz navbati oʻzgarishi surʼatlarini kuzatib borish imkonini beradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?