GM Uzbekistan Qozogʻistonga tayyor Nexia R3 avtomobillarini yetkazib beradi

10:48 18 Mart 2019 Iqtisodiyot
459 0

GM Uzbekistan Qozogʻistonga Nexia R3 komplektlarni muntazam yetkazib beradi.

“16 mart kuni GM Uzbekistan Qozogʻistonga avtomobillarning birinchi partiyasini eksport qildi. Kompaniya Kostanay(Qozogʻiston) shahridagi “SariarkaAvtoProm” zavodida yirik uzatmali yigʻish uchun Nexia R3, shuningdek, “Ravon Motors Kazaxstan” dileriga tayyor R4 modeli eksportini amalga oshiradi”, - deya maʼlum qildi GM Uzbekistan.

Bundan tashqari, kompaniya yil boshidan buyon Afgʻoniston va Tojikistonga avtomobillar eksport qilishni boshladi.

Eslatib oʻtamiz, “SariarkaAvtoProm” korxonasida 2017 yildan Ravon Nexia R3 sedanini yigʻish yoʻlga qoʻyilgan edi. Uning quvvatiga yiliga 3 mingga yaqin avtomobilga teng. Istiqbolda ushbu koʻrsatkichni oshirish imkoniyati ham nazarda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?