GM Uzbekistan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi

15:35 28 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
565 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Prezident qaroriga muvofiq qonunchilikka quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi.

“Huquqiy axborot“ kanaliga koʻra, “General Motors Oʻzbekiston” YOAJga berilgan soliq imtiyozlari bekor qilindi. Kompaniya endilikda faqatgina qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi. Eslatib oʻtamiz kompaniya ilgari barcha soliqlardan ozod etilgan edi.

“JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJning ham foyda soligʻiga oid imtiyozi bekor qilinib, faqatgina qoʻshilgan qiymat soligʻiga oid imtiyozi saqlab qolindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?