GM Uzbekistan Qirgʻizistonga avtomobillar eksportini qayta yoʻlga qoʻydi

14:23 23 Aprel 2019 Jamiyat
168 0

Bugun, 22 aprel kuni GM Uzbekistan AJ avtomobillarini Qirgʻiziston Respublikasiga eksport qila boshladi. Qirgʻizistonga avtomobillar Ravon brendi ostida eksport qilinadi. Bu haqda kompaniya “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Avval xabar berilganidek, bugungi kungacha kompaniya avtomobillari Belarus, Afgʻoniston va Tojikistonga amalga oshirildi. Shuningdek Qozogʻistonning Kostanay shaxridagi “SariarkaAvtoProm” zavodida kompaniya avtomobillarini yirik uzelli yigʻish yoʻlga qoʻyildi.

2019 yil GM Uzbekistan faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb eʼlon qilingan, bugungi kunda kompaniya mazkur yoʻnalishdagi faoliyatini yanada kengaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?