GM Uzbekistan nomi oʻzgardi

10:28 03 Iyul 2019 Iqtisodiyot
508 0

GM Uzbekistan kompaniyasi oʻz nomini UZAUTO MOTORSʼga oʻzgartirdi. Bundan Korporativ maʼlumot yagona portalidagi xabar darak beryapti.

Kompaniya kelgusi bir necha oy ichida oʻz nomini oʻzgartirishi haqida fevral oyida xabar bergandi. Oʻshanda “Oʻzavtosanoat” “General Motors ulushini sotib olgani tufayli nom oʻzgarayotgani xabar berildi.

Nomni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror 26-iyun kuni bir ovozdan qabul qilindi. Taʼsis hujjatlaridagi tegishli oʻzgartirishlar 1-iyulda roʻyxatga olingan.

Eslatib oʻtamiz, GM Uzbekistan 2008-yilda tashkil topgan boʻlib, 10 yildan ziyod vaqt mobaynida “Oʻzavtosanoat” va AQSHning General Motors kompaniyasi qoʻshma korxonasi sifatida faoliyat olib bordi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?