GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi

15:57 05 Fevral 2019 Jamiyat
2152 0

GM Uzbekistan avtomobil zavodi nomi oʻzgaradi. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” AJ raisi oʻrinbosari Aziz Shukurov 5 fevral kuni “Oʻzbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani vaqtida maʼlum qildi.

“Tez orada GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi. Hozirda bu boʻyicha ish olib bormoqdamiz. Hamma masala hal boʻlgach, bu haqida xabar beramiz”, deya Shukurovning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda “Xalq soʻzi” muxbiri.

Eslatib oʻtamiz, korxona eksport qilingan mahsulotlarini Ravon brendi ostida sotib keladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?