“GM Uzbekistan” Nexia va Malibu avtomobillari ishlab chiqarish hajmini salkam 10 baravarga oshirdi

12:05 29 Avgust 2018 Jamiyat
582 0

“GM Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtombillar savdosi qayta boshlanganligi va xaridorlar tomonidan kelib tushayotgan murojatlarni inobatga olgan holda, kompaniya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bozoridagi haridorlar talablarini qondirish maqsadida, talab yuqori boʻlgan avtomobillar modellarini ishlab chiqarish xajmlarini oshirishning tez moslashuvchan mexanizmini joriy qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti xabar berdi.

Hususan, “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ tomonidan mexanik uzatmali “Neksiya” avtomobillarini ishlab chiqarish xajmlari avgust oyidan boshlab 3 501 donaga, sentyabr oyida esa 4 143 donagacha oshirildi, yil oxirigacha esa ushbu modelning ishlab chiqarish xajmlari 34 804 donagacha yetkaziladi.

Shuningdek, “Malibu” avtomobillarini ishlab chiqarish xajmlari oyiga 240 donadan 2 200 donaga oshirish rejalashtirilgan.

Kompaniya mijozlar tomonidan takliflar va talablarni inobatga olgan holda, boshqa rusumdagi avtomobillarning ishlab chiqarish xajmlarini ham yaqin oylarda oshirish uchun barcha imkoniyatlarni jalb qilmoqda.

Mijozlar uchun qulayliklar yaratish, shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan va kundalik ravishda yangilanib boriladigan onlayn ravishda shartnoma tuzish tizimi asosidagi barcha arizalar maksimal darajada tez koʻrib chiqiladi.

Kompaniya dilerlik tashkilotlarida noqonuniy hatti-xarakatlar va mijozlardan tovlamachilik orqali qoʻshimcha pul mablagʻlarini talab qilish kabi holatlar paydo boʻlsa, tashkilot Call-markaziga (141-77-77) darhol murojaat qilishni soʻramoqda. Barcha noqonuniy harakatlar holatlari alohida nazorat ostiga olinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?