“GM Uzbekistan” “Matiz” ishlab chiqarishni to‘xtatadi
2018 yilning iyul oyidan e’tiboran “GM Uzbekistan” AJ ishlab chiqarish quvvatlarida “Matiz” rusumli avtomobillarni yig‘ish yakunlanadi. Bu haqda “GM Uzbekistan” matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu qaror modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyaga muvofiq hamda ushbu avtomobilning texnik eskirganligini inobatgan olgan holda qabul qilindi.
Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi.
“GM Uzbekistan” iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlari bajarilishini va avtomobillarning tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘laligicha yetkazib berilishini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Matiz” avtomobili Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan to‘rtinchi model bo‘lib, 2001 yil avgust oyidan yig‘ila boshlangan. 2004 yil dekabr oyida dvigatel hajmi 1 l. bo‘lgan “Matiz Best” hamda avtomatik uzatma qutili modifikatsiyalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.
“Matiz” avtomobillari kichik hajmli avtomobillar sinfiga tegishli bo‘lib, ushbu sinfdagi avtombillarga bo‘lgan ehtiyoj “Spark” avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish orqali qoplanadi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: