GM Uzbekistan ikki kunlik “ochiq osmon ostidagi savdolar”da 100 dona avtomobil sotdi

17:05 18 Sentyabr 2018 Jamiyat
492 0
Arxiv foto / “Xalq soʻzi”

GM Uzbekistan 15-16 sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan “Ochiq osmon ostidagi savdolar”da respublika boʻylab 100 dona avtomobil sotdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shulardan 38 dona “Cobalt“, 30 dona “Lacetti“, 28 dona “Spark“ va 3 dona “Nexia“ avtomobillari sotilgan.

Savdo boʻyicha faollik Toshkent, Buxoro, Namangan, Qoʻqon hamda Fargʻona shaharlarida qayd etildi.

Bundan tashqari, Toshkentdagi avtosalonlardan birida bir dona “Malibu“ avtomobili ham sotildi. Eslatib oʻtamiz, “Ochiq osmon ostidagi savdolar”iga qoʻyilgan barcha avtomobillar “45 daqiqada avtomobil!” aksiyasi boʻyicha sotuvga qoʻyildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?