GM Uzbekistan endi Lacetti avtomobili uchun imtiyozli kreditlarni eʼlon qildi

16:02 09 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
9685 0

GM Uzbekistan kompaniyasi “Kapitalbank” bilan hamkorlikda Lacetti avtomobili uchun imtiyozli kreditlarni joriy qildi. Bu haqda kompaniya vakili “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

Kompaniya vakilining maʼlum qilishicha, buning uchun Lacetti SX M/T (1-pozitsiya) avtomobili qoʻyilgan boʻlib, uni quyidagi kredit shartlari boʻyicha sotib olish mumkin:

10% oldindan toʻlov amalga oshirilganda — 5 yilgacha — 22% yillik;

30% oldindan toʻlov amalga oshirilganda — 3 yilgacha — 20% yillik;

50% oldindan toʻlov amalga oshirilganda — 2 yilgacha — 19% yillik;

60% oldindan toʻlov amalga oshirilganda — 15 oygacha — 18% yillik.

Imtiyozli avtokredit uchun hozirda 1000 dona mazkur rusumdagi avtomobil jamlanmasi sotuvga chiqarilgan. Mazkur turdagi Lacetti avtomobillari dilerlik salonlarida 107 mln 291 ming soʻmdan taklif qilinmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, kompaniya tez orada mana shunday imtiyozli shartlardagi avtokreditlar miqdorini oshirishni rejalashtirmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?