GM Uzbekistan darhol olib ketish uchun 398 dona avtomobil taklif qilmoqda

10:21 26 Oktyabr 2018 Jamiyat
992 0

24 oktyabr holatiga GM Uzbekistan AJ rasmiy dilerlari tomonidan “45 daqiqada avtomobil!” dasturi boʻyicha xaridorlarga 398 dona avtomobil taklif qilinmoqda.

Savdoda 325 dona Spark va 73 dona Cobalt avtomobili bor.

Pozitsiyalar kesimida Spark 2-poz M/T, 3-poz A/T, 4-poz yevro A/T, 2-poz yevro M/T, Cobalt 1-poz yevro A/T, 1-poz yevro M/T, 4-poz yevro A/T, 2-poz yevro A/T taqdim etilgan.

Kompaniya turli vajlarda qoʻshimcha mablagʻ talab qilish holatlari yuzaga kelsa zudlik bilan kompaniyaning Call-markazi yoki Oʻzbekiston Bosh prokuraturaga murojaat qilish soʻralgan.

Eslatib oʻtamiz, GM Uzbekistan “shapkasiz” avtomobil xarid qilish uchun shartnomalar tayyorlab qoʻyganligi haqida xabar bergandik.

Shundan 9486 dona “Spark”, 2007 dona “Nexia”, 3325 dona “Cobalt”, 6515 “Lacetti” hamda 2725 dona “Malibu” boʻyicha shartnomalar mavjudligini maʼlum qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?