GM Uzbekistan “Damas” sotuvi bo‘yicha bayonot berdi

18:22 07 Iyun 2018 Jamiyat
2178 0

GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Damas” rusumli avtomobilning ayrim detallarini olib tashlanayotganligi to‘g‘risida xabarlar haqiqatga mos emas. Bu haqda kompaniya “Xalq so‘zi”ga ma’lum qildi.

“Kompaniya tarqalgan ushbu xabarlarni tasdiqlamaydi va haqiqatga zid ekanligini ma’lum qiladi”, kompaniya bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq kompaniya “Damas” sotib olishni maqsad qilgan mijozlar uchun bir qator detallarni olib qo‘yayotgani haqidagi tilxatga imzo qo‘ydirib olayotgani xabar qilingandi. Kompaniyadagi manba buni “Damas” narxining oshib ketmasligi bilan izohlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?