GM Uzbekistan Captiva ishlab chiqarishni toʻxtatadi

15:31 10 Sentyabr 2018 Jamiyat
389 0

“General Motors” kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, “Chevrolet Captiva” avtomobilini “GM Uzbekistan” AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yigʻish yakunlanadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalarga arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish bugundan toʻxtatiladi.

“GM Uzbekistan” AJ dilerlik korxonalari bilan birgalikda “Chevrolet Captiva” rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun isteʼmolchilar oldida oʻzining majburiyatlarini yil oxirigacha toʻliq yetkazib berilishini taʼminlaydi.

“Chevrolet Captiva” avtomobili mamlakat bozoriga kirib kelganiga roppa-rosa 11 yil toʻldi. Ilk bor Captiva avtomobilini Oʻzbekistonda yirik tarmoqli yigʻish 2007 yilning oktyabr oyidan boshlangan. 2011 yilning sentyabr va 2017 yilning fevral oylarida avtomobilning yangilangan modeli chiqarilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?