GM Uzbekistan AJning yangi laboratoriyasi tadbirkorlarga qanday foyda beradi?

19:03 19 Iyul 2018 Jamiyat
255 0
Foto: GM Uzbekistan

Avtomobil ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish istagini bildirgan mahalliy tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida GM Uzbekistan AJ tomonidan Markaziy sinov-o‘lchov laboratoriyasi ishga tushirildi. Mazkur laboratoriyada tadbirkorlar o‘zlari mahalliylashtirish istagini bildirayotgan mahsulotni bepul sinov va sertifikatsiyadan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Yuqori aniqlik va ishonchli zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyada “O‘zstandart” agentligi va boshqa ixtisoslashgan muassasalarda o‘quv kursini o‘tagan yuqori malakali xodimlar faoliyat yuritishadi.

Laboratoriyada ehtiyot qismlarning yorug‘likka, zanglashga, chirishga, har qanday ob-havo sharoitiga, shikastlanish hamda siqilishga chidamliligini sinovdan o‘tkazish uchun barcha zamonaviy uskunalar mavjud.

Laboratoriya qoshida mahalliylashtirilgan ehtiyot qismlarni sinovdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha barcha zaruriy ma’lumotlarni taqdim etadigan Axborot –resurs Markazi ishga tushirilgan bo‘lib, unda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi.

Laboratoriya “O‘zstandart” agentligi tomonidan 2020 yil muddatgacha akkreditatsiyadan o‘tkazilgan hamda TURKAK Turkiya xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan taqdim etilgan ISO/IEC 17025:2007 sertifikatiga ega.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?