“GM Uzbekistan“ avtomobillarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirmoqda

18:37 11 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
375 0

“GM Uzbekistan“ AJ avtomobillarining ishlab chiqarish hajmi oshirilayotgani va ortib borayotgan talabni inobatga olgan holda mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida dastlabki bosqichda “Lacetti” (1 poz.), “Cobalt” (2 poz.) va “Nexia” (4 poz. AT) avtomobillarini xaridorlarga yetkazib berish muddatini 60 dan 45 ish kunigacha, “Lacetti” (1 poz. GBU bilan) avtomobilini esa 60 dan 40 ish kunigacha qisqartirmoqda.

Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, bosqichma-bosqich boshqa avtomobil modellarini yetkazib berish muddatlari ham qisqartiriladi.

“Kompaniya oʻz xizmatlarini takomillashtirib borishni davom ettirgan holda, faoliyatning zamonaviy modeliga oʻtmoqda, bunda avtomobillarning u yoki bu modeli, butlovchi qismlari va ranglari xaridorlarning talablari asosida shakllantiriladi”, - deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?