GM Uzbekistan avtomobillari sotilganda qancha yoqilg‘isi bo‘lishi kerak?

13:58 08 Avgust 2018 Iqtisodiyot
833 0

GM Uzbekistan yangi avtomobillari sotilayotgan paytda ularning benzin bakida qancha miqdorda yoqilg‘i bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.

Misol uchun, siz dilerlik markazlaridan Nexia R3, Cobalt va Gentra (J200) avtomobillarini olib chiqib ketayotganingizda uning bakida 10 litr benzin bo‘lishi kerak. Spark (M300) 8 litr, Matiz (M150) va Damas‘da (B150) esa bu miqdor 7 litrni tashkil qiladi.

“O‘zavtosanoat“ AJ mazkur holatga asosan mashinani sotib olayotganda dilerlik salonidan aynan shuncha miqdordagi benzinlarni so‘rab olishga haqli ekanini eslatib o‘tgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?