GM Uzbekistan avtomobillari narxi oshmoqda. Oldindan shartnoma tuzganlar qo‘shimcha pul to‘laydimi?

GM Uzbekistan O‘zbekiston bozori uchun ishlab chiqarilgan avtomobillari narxini oshirayotgani haqida xabar bergandik. Bu bir qator savollarni keltirib chiqardi.
Hozirgi kunga qadar kompaniyaga tegishli avtomobillarini sotish bilan shug‘ullanuvchi dilerlik avtosalonlarida mashinalarning markasiga qarab, 45 daqiqa ichida rasmiylashtirib, xaridorga yetkazib beriladigan avtomobillar ham bor, talabning ko‘pligi tufayli 45 ish kunida (60 yoki undan ortiqroq) xaridorga yetkazib beriladigan mashinalar ham mavjud.
Tabiiyki, ko‘proq muddat talab qilinadigan mashinalar uchun shartnoma tuzgan xaridor, avtomobil uchun 85 foizlik to‘lovni amalga oshiradi. Yangi narxlar chiqquniga qadar avtosalonlarga to‘lovni amalga oshirgan, shartnoma tuzgan, lekin hali mashinasini olmagan xaridorlarda savol tug‘ildi: Endi biz nima qilamiz?
“Xalq so‘zi Online“ga ma’lum bo‘lishicha, yangi narxlar eski shartnoma tuzilgan mashinalarga amal qilmaydi. Yangi narxlar rasmiy e’lon qilingach (ma’lum bo‘lgach), yangi shartnomalar uchun amal qiladi. Oldinroq avtomobil sotib olish uchun to‘lovni amalga oshirgan xaridorlar. Yangi narxdagi ustamalarni to‘lamaydi. Ular eski narx bo‘yicha qoldiq to‘lovni amalga oshirib, mashinalarni olishi mumkin bo‘ladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: