GM Uzbekistan avtomobilini olib berishni va’da qilgan firibgar pora bilan qo‘lga tushdi

19:03 26 Iyun 2018 Jamiyat
588 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Arnasoy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Aydardaryotrans” XK rahbari B. fuqaro Sh.ning nomiga Jizzax shahridagi avtosalonda ishlovchi tanishlari orqali “Neksiya-3” rusumli avtomashina xarid qilish uchun shartnoma olib berishga yordam berishi evaziga 45 mln. so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan fuqaro B.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?