GM Uzbekistan avtomobili olib berishni va’da qilib “shapka” olgan yana bir shaxs ushlandi

16:18 11 Iyun 2018 Jamiyat
418 0

GM Uzbekistan‘da ishlab chiqarilgan avtomashinalarni olib berishni va’da qilib, pora olgan navbatdagi firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, mahkama huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Marhamat tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A. fuqaro Z.ga “Neksiya-3” avtomashinasini 15 kun muddatda tanishi B. orqali avtosalondan chiqarib berishi evaziga 800 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib, fuqaro B.ga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A. va B.larga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xorazmda shunga o‘xshash holat aniqlangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?