“GM Uzbekistan” atrofida sodir bo‘layotgan noxush vaziyatlar muhokama qilindi

11:05 26 May 2018 Iqtisodiyot
574 0

Ma’lumki, so‘nggi vaqtlarda internet va ommaviy axborot vositalari orqali “GM Uzbekistan” AJ atrofida sodir bo‘layotgan noxush vaziyatlar yuzasidan turli xabarlar tarqalmoqda. 

"O‘zavtosanoat" AJdan ma’lum qilishlaricha, Asakadagi avtomobil zavodida “O‘zavtosanoat” AJ rahbariyati va kompaniya bosh direktori boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilish so‘nggi vaqtlarda yuzaga kelayotgan shunday noxush vaziyatlarni oldini olish masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishni o‘tkazishdan asosiy maqsad sohada faoliyat olib borayotgan har bir xodimga mamlakatimizda qonun ustuvor ekani va har bir jinoyatga jazo muqarrarligini yana bir bor yetkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda Davlat xavfsizligi xizmati va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, “GM Uzbekistan” AJ hamda “O‘zavtosanoat” tarkibiga kiruvchi barcha qo‘shma korxonalar va dilerlik tashkilotlari rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish yakunida kelgusida noxush holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?