GM Uzbekistan Afgʻonistonga mashina eksport qilishni boshlaydi

17:56 05 Fevral 2019 Iqtisodiyot
843 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

GM Uzbekistan yaqin vaqtlar ichida Afgʻonistonga avtomobillar eksport qilishni boshlaydi. Bu haqda “Oʻzavtosanoat“ AJ rasmiylari ishtirokida “Oʻzbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani vaqtida maʼlum qildi.

Unda qayd qilinishicha, 2018 yilda avtomobillar va butlovchi qismlar eksporti 25,5 million AQSH dollarini tashkil etgan. 2019 yilda bu koʻrsatkichni 118,6 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Kompaniya mahsulotlari eksport qilinayotgan mamlakatlardan tashqari, Afgʻonistonga avtomobillarni yetkazib berish boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda kompaniya 220 667 dona avtomobil ishlab chiqardi. Kompaniya tarixida ilk bor rekord 2018 yil dekabrida qayd etildi. Oʻshanda 34 117 avtomobil ishlab chiqarildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?