Gʻijduvonda oʻqituvchilarning masjidlar oldida qorovullik qilishlariga nega koʻrsatma berildi? — Vaziyatga oydinlik kiritildi

14:21 15 Sentyabr 2020 Jamiyat
383 0

14-sentyabr Gʻijduvon tumani xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan oʻqituvchilar juma kunlari ertalabdan jomeʼ masjidlari oldida qorovullik qilib, maktab oʻquvchilari masjidga kirishining oldini olishi boʻyicha topshiriq berilgani haqidagi audioyozuv tarqaldi. Buxoro viloyati XTB ushbu audioyozuvga rasmiy munosabat bildirdi.

Taʼkidlanishicha, mazkur audiomaterial boʻyicha viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan oʻrganishlar olib borildi.

"Hammamizga maʼlumki, pandemiya sharoitida umumtaʼlim maktablarida jamoatchilik takliflari asosida karantin talablariga rioya qilgan holda anʼanaviy shaklda taʼlim jarayonini tashkil etish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, oʻqituvchilardan olingan test natijalari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlariga koʻra, Buxoro viloyatida 14-sentyabr kuni 17 ta, 15-sentyabr kuni 13 ta umumtaʼlim maktablari oʻz faoliyatini boshlashi belgilandi. Jumladan, Gʻijduvon tumanida mavjud 67 ta umumtaʼlim maktablarining 11 tasida ham anʼanaviy shaklda taʼlim jarayonlari boshlanadi.

Tuman mudirasi tomonidan pandemiya davrida anʼanaviy shakldagi faoliyatga oʻtgan va oʻtishi rejalashtirilgan maktablar oʻquvchilarining salomatligini asrash, ularning xavfsizligini taʼminlash, odamlar gavjum boʻlgan joylarda yurishlarining oldini olish, qolaversa, oʻquvchi-yoshlarning masjidlarga otasi, bobosi va yoshi katta yaqin qarindoshlari bilan borishi, yolgʻiz bormasligiga chaqirish maqsadida voyaga yetmagan oʻquvchi-yoshlarning salomatligini oʻylagan holda bunday koʻrsatma berganligi aniqlandi. Uning bu xatti-harakatlarida mamlakatimizda belgilangan diniy erkinlik huquqlariga toʻsqinlik qilish maqsadi yoʻq, bu faqat oʻquvchi-yoshlar xavfsizligini taʼminlash uchun qilingan ehtiyotkorlik chorasi xolos" deyiladi rasmiy munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?