Gitesh Sharma: Oʻzbekiston bilan oʻzaro aloqalarimizni yangi bosqichga koʻtarishni davrning oʻzi talab qilmoqda

10:14 25 Aprel 2019 Jamiyat
275 0

Said Rahmonov, “Xalq soʻzi online” uchun Dehlidan xabar qiladi.

Ayni paytda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ommaviy axborot vositalarining yigirmadan ortiq vakilari Hindistonda boʻlib turibdi. Xususan, oʻzbekistonlik bir guruh jurnalistlar mintaqa jurnalistlari uchun tashkil etilgan tanishtiruv tashrifi ishtirok etish uchun Dehli shahriga tashrif buyurishdi.

Aytish joizki, mazkur tadbir 2019 yilning yanvar oyida Samarqand shahrida oʻtkazilgan Hindiston - Markaziy Osiyo muloqotining Afgʻoniston ishtirokidagi yigʻilishida erishilgan kelishuvga koʻra tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilarini Hindiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gitesh Sharma qabul qildi va oʻzaro munosabatlarni rivojlantirish borasidagi fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar keyingi paytda juda faollashdi. Yarim yil ichida ikki marta oliy darajadagi uchrashuvlar boʻlib oʻtgani oʻzaro aloqalarning yangi bosqichga koʻtarilganidan dalolat beradi.

“Bizni mintaqa, jumladan, Oʻzbekiston bilan qadim tarixiy va madaniy aloqalar bogʻlab turadi. Shu bilan birga, biznes munosabatlar, «people to people” formatidagi muloqotlar, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish orqali oʻzaro aloqalarimizni yangi bosqichga koʻtarishni davrning oʻzi talab qilmoqda», dedi janob Gitesh Sharma.

Tadbir davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?