“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postida yangi bino foydalanishga topshirildi

20:59 09 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
335 0

Mintaqa davlatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch hamda xavfsizlikni mustahkamlash, davlatlar chegarasini kesib oʻtishda fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida yaqin qoʻshnilarimiz bilan chegara oʻtkazish punktlarida zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlatlari Hukumatlari oʻrtasida imzolangan “Yoʻl xaritasi” ijrosi doirasida “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlari yakuniga yetkazilib, chegara va bojxona nazoratining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

 

Mazkur binoda fuqarolarning chegara hamda bojxona nazoratidan oʻtishlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Xususan, imkoniyati cheklangan fuqarolarga alohida yoʻlaklar tashkil etilgan. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish maqsadida sayyohlar uchun ham alohida yoʻlaklar mavjud.

 

Ушбу бинонинг фойдаланишга топширилиши “Ғишткўприк” чегара божхона пости ўтказувчанлигини янада яхшилади. Яъни бир кунда 40 минг нафар фуқароларнинг ҳаракатланишлари учун имконият юзага келди.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019