Ginnesning rekordlari kitobiga kirgan iftorlik qayerda bo‘ldi?

14:23 14 Iyun 2018 Dunyo
405 0
Foto: gulfnews.com

BAAning Dubay shahrida muqaddas Ramazon oyida miqyosi jihatidan ulkan iftorlik tashkil etildi.

Mazkur mo‘tabar tadbir dasturxoni 6 kilometr uzunlikdagi stol ustiga yozilgani uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Gulf News xabar berdi.

Iftorlikni Dubay shahar politsiyasi tashkil qildi. Mazkur aksiya xayriya maqsadida o‘tkazilib, unda Hindiston, Shri-Lanka, Pokiston, Xitoy, Filippin va Osiyoning boshqa davlatlaridan kelgan ishchilar qatnashdi.

Taomlarni tayyorlash bilan 35 ta restoran va davlatning turli tuzilmalaridan 500 nafar ko‘ngilli shug‘ullandi. Iftorga tayyorgarlik ko‘rishga qariyb 200 soat vaqt ketdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?