Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga sportchilar tanlab olish tartibi tasdiqlandi

16:39 19 Fevral 2019 Sport
134 0

Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilar tanlab olish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019 yil 2-mh-son “Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3137, 2019 yil 18 fevral).

Gimnastika maktabiga har yili 12 nafar 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan taʼlim oluvchi iqtidorli oʻquvchi-sportchilar qabul qilinadi. Umumiy kontingent 60 nafarni tashkil etadi, oʻqish muddati 5 yil.

Hujjatlar har yili 1 avgustdan 10 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?