Gilos mevasi saraton kasalligiga shifo boʻlishi mumkin

15:55 27 May 2020 Lifestyle
695 0

Gilos dunyoda eng mashhur va sevib isteʼmol qilinadigan danakli mevalardan biri. Uni oʻziga xos ajoyib taʼmi, shirinligi uchun sevishadi. Shuningdek, gilos koʻplab foydali xususiyatlariga ham egaki, bejizga olimlar uni aʼlo mahsulotlar safiga qoʻshishmagan. Bu haqda “Oʻzbekoziqovqatxolding” xabar berdi.

Gilos mevasi eramizdan avvalgi 8000 ming yil avval maʼlum boʻlgan. Uning vatani hozirgi Turkiya, Shveysariya va Daniya hududlari hisoblanadi.

Gilos mevasi yogʻ miqdorisiz, asosan suvdan (82 %), uglevodlardan (16 %) va oqsillardan (1 %) iborat.

Aniqlanishicha, gilosda antotsian moddasi mavjud boʻlib, uning koʻmagida saraton kasalliklarini davolash mumkin ekan. Yaʼni oʻsib borayotgan saraton hujayrasi muntazam oziqlanishga muhtoj boʻladi. Gilosdagi antotsianlar esa organizimdagi ozuqa kanallari yoʻlini toʻsib, saraton hujayralarining oʻlishiga olib keladi.

Shu kunlarda yurtimizda gilos pishigʻi avj pallaga kirgan. Ayni dam ushbu mevani koʻproq isteʼmol qilib, organizmni foydali darmondorilari bilan toʻyintirishning qulay fursati hamdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?