“Gilamlar – tarix poyondozi”: oʻzbek milliy gilamlari tarixi hujjatli filmi ishlanmoqda

13:17 03 Oktyabr 2019 Jamiyat
60 0

Sanʼatning yoʻnalishlari koʻp – rassomchilik, sheʼriyat, adabiyot... Gilamdoʻzlik ham bir sanʼat yoʻnalishi sifatida ulardan kam boʻlmagan ahamiyatga ega.

Gilam – ramz. Hali tasviriy sanʼat qoyatoshlardagi suratlar shaklida ekanligida gilamdoʻzlik bor edi, gilam bor edi. U tumordek koʻrilgan, gilam uyni yomon nazarlardan asraydi, deb ishonishgan. Gilam – ibodat ado etiladigan muqaddas joy vazifasini oʻtagan. Gilam – odamning soʻnggi oʻrin-joyi, ham oxirgi yoʻlga kuzatuvchi poyondoz, yopinchiq ham boʻlgan.

Hujjatli film gilamlar haqida teoretik-koʻrgazmali maʼlumotlargagina tayanib qolmay, asosan, Oʻzbekistonning turistik potensialini namoyish etuvchi yoʻnalishda boʻladi. Gilam – qadimiy artefakt sifatida, bugungi kunda ham saqlanib, anʼanaga muvofiq davom etib kelayotgan sanʼat turi koʻrinishida ochib beriladi.

Syomkalar Oʻzbekistonning gilamdoʻzlik rivojlangan mintaqalarida tasvirga olinadi. Shuningdek, gilam toʻqish, ipak va jun iplarning boʻyalishi, tabiiy boʻyoqlar tayyorlanishi jarayonlari, Oʻzbekiston muzeylari fondida saqlanayotgan gilamlar tasvirga olinib, arxiv foto, video materiallardan foydalangan holda film tasvirga olinmoqda.

Film ijodkorlari Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatlarida boʻlib qaytdilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?